Nikoh va Oila risolasi

发行商: Shum Bola
评价: 还没有评级
价格: 免费

应用排名历史

查看 美国 中Nikoh va Oila risolasi 的下载量历史排名。
排名历史显示Nikoh va Oila risolasi在Google Play应用商店中的流行度以及其随着时间的变化。您可以追踪Nikoh va Oila risolasi在不同国家、分类和设备上每一天的表现。
下载排名 - Google Play - 美国
上周本周
没有上周排名数据
本周数据可在注册后免费使用。
查看本周截至一小时前的数据。

免费注册来发掘更多!

免费注册来获取排名、评价、评级、关键词和更多数据的无限访问权限。

应用说明

Qo‘lingizdagi mo‘’jaz risola nikoh, er-xotinlik, taloq, hayzu nifos, idda aqiqa va boshqa muhim shar’iy masalalar haqida. Islom dinida balog‘atga yetgan har bir yigit va qiz imon va islom shartlarini, halol va harom haqidagi ko‘rsatmalarni yaxshi bilib, ularga amal qilishi kerak. Islom dini insonni hidoyatga boshlab, dunyo va oxirat saodatiga eltuvchi nurli yo‘lni ko‘rsatib beradi. Dinimiz har bir shaxsning e’tiqodini, aqlini, molini, jonini muhofaza qilish barobarida, uning naslu nasabini qo‘rish, himoya qilishga ham jiddiy e’tibor qaratadi. Xususan, zinoni, unga olib boruvchi har qanday yo‘llar va vositalarni qattiq qoralaydi. Bu boradagi ilohiy hukm va shar’iy tavsiyalarga amal qilinmasa, ayanchli oqibatlar keltirib chiqarishidan ogohlantiradi.

Darhaqiqat, bugungi kunda mahram-nomahramni ajratmaydigan, shahvatiga asir bo‘lgan ba’zi hayvontabiat insonlarning zinokorligi tufayli qanchadan-qancha oilalar barbod bo‘lmoqda, otasiz, nasabsiz bolalar tug‘ilib, jamiyatimizda o‘g‘rilik, qaroqchilik, buzg‘unchiliklar sodir bo‘lmoqda. Haqiqatan, inson nikoh odoblariga, er-xotinlik haqlariga rioya qilmasa, nomahramdan saqlanmasa, o‘zini ham, ahlu ayolini ham halokat girdobiga tashlashi muqarrar.

Fiqhiy kitoblarida uylanish odoblari va uning mas’uliyati haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. Ular arab va fors tillarida bo‘lganligi uchun hamma ham o‘qib, tushunish imkoniyatiga ega emas. Shu bois mualliflar Imom A’zam mazhabiga oid bo‘lgan “Muxtasar ul-viqoya” sharhlari, “Raddul-muhtor”, “Jome’ ur-ramuz”, “Shir’at ul-Islom” singari kitoblardan nikoh va boshqa jihatlar bilan bog‘liq masalalarni tarjima qilib, ularni izohlab, risola holida jamlashgan. Mavzuga aloqador oyat va hadislardan istifoda etgan holda, shariatimizga, his-tuyg‘ularimizga muvofiq kelmaydigan ba’zi urf-odatlarni tanqid qilishgan. Nikohga oid ba’zi ahkomlarni yoritish uchun o‘rni-o‘rni bilan tabobat ilmiga ham murojaat qilishgan. Har bir mavzu haqida fikr yuritilganda ularning shar’iy asoslari, hukmlari Hanafiy mazhab doirasida tekshirilib, bugungi kun ehtiyoji yuzasidan foydali o‘git va tavsiyalar berilgan.

Sir emas, bugungi kunda diniy qadriyatlarimizga keng yo‘l ochilgan va islomiy adabiyotlar ko‘plab nashr etilayotgan bo‘lsa-da, nikoh uylanish odoblari, er va xotinlik haq-huquqlari, taloq va idda kabi masalalardan har bir kishi ham to‘la xabardor emas. Bu risola katta va kichik yoshdagi barcha kishilar uchun zarur. Ayniqsa, xolis niyat-la oila qurish, pokiza va totuv hayot kechirish ilinjida yurgan har bir yigit-qiz uchun dastlabki muhim ma’lumotlarni berish bilan e’tiborga molik dasturul amaldir.

Risolada keltirilgan ma’lumotlar g‘oyat muhim, hayotiy bo‘lgani uchun imkon qadar undagi har bir masala va o‘gitning mohiyatini to‘g‘ri tushunishga harakat qilish kerak. Zero, yoshlarimiz poklikka, uylanish odobiga, er-xotinlik haqlariga jiddiy amal qilsalar, ulardan tug‘ilajak farzandlar ham, inshaalloh, solih, taqvodor va salomat bo‘lib tug‘iladilar. Bunday yoshlar esa ota-onasiga, elu yurtiga hamisha rahmat keltiradilar.

Kelinglar, biz ota-onalar ham yelkamizdagi ulkan mas’uliyatni his etib, avvalo, o‘zimiz Allohdan qo‘rqaylik, taqvo qilaylik, halol va haromning farqiga boraylik-da, so‘ngra farzandlarimizdan ham shularni talab qilaylik. Hadisi shariflarning birida hazrat
Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam oila boshliqlarini cho‘ponga o‘xshatib, ularning mas’ul va javobgar ekanliklarini alohida ta’kidlaganlar. Shunday ekan, farzandlarimizni haq va to‘g‘ri yo‘lda tarbiyalashning har qanday moddiy va ma’naviy vositalari bo‘lsa, ulardan foydalanishimiz kerak. Axir dono xalqimiz: “Yaxshilik ham, yomonlik ham ostonadan boshlanadi”, deb bejizga aytishmagan...

Muhtaram kitobxon! Savob umidida yozilgan ushbu risolani o‘qib, undan bahramand bo‘lib, uning chop etilishiga hissa qo‘shganlarni ham duolar qilib turishingizni umid qilib qolamiz.

Sayfiddin Sayfulloh

没有找到任何关键词……

应用商店优化

人们在寻找一个应用时都使用哪些词?
正确的关键词可以帮助一个应用提高被发现的几率,并且增加下载量和收入。App Annie追踪上百万个关键词,这样您就可以为您的应用获取更多的下载量,并且了解您的竞争对手正在使用哪些关键词。

与 App Annie 一起了解上百万个应用的所有信息,掌握应用行业中正在发生的一切。